Xizmatlar
Nima bilan yordam bera olaman
2012-yildan beri IT sohasidaman va o'z platformalarimni quraman —
shu tajribani boshqa loyihalarga ham qo'llayman. Quyidagi yo'nalishlarda ishlayman.
SEO audit va optimizatsiya
Saytning texnik holati, indeksatsiya, tezlik va kontent tuzilmasi to'liq tekshiriladi. Natija — ustuvorlik bo'yicha tartiblangan aniq vazifalar ro'yxati, har biri uchun kutilayotgan ta'sir bilan.
- Texnik audit (indeksatsiya, robots, canonical, hreflang)
- Core Web Vitals va tezlik
- Kalit so'zlar va kontent strategiyasi
- Raqobatchilar tahlili
- Amalga oshirish rejasi va kuzatuv
Google Ads kampaniyalari
Reklama byudjeti behuda ketmasligi uchun: to'g'ri auditoriya, aniq kalit so'zlar, konversiya kuzatuvi va muntazam optimizatsiya.
- Kampaniya tuzilmasi va sozlash
- Konversiya kuzatuvi (GA4, Metrika)
- Minus so'zlar va byudjet nazorati
- Landing sahifa tavsiyalari
- Oylik hisobot va optimizatsiya
AI-avtomatlashtirish
Takrorlanuvchi ish jarayonlarini AI-agentlar bilan avtomatlashtirisha: kontent tayyorlash, ma'lumot yig'ish, hisobotlar, ichki jarayonlar.
- Jarayonlarni tahlil qilish va nomzodlarni aniqlash
- AI-agent yoki skript ishlab chiqish
- Mavjud tizimlar bilan integratsiya (Telegram, CRM, sayt)
- Sinov va nazorat mexanizmi
- Jamoani o'rgatish
Web va mobil ilova
G'oyadan ishlaydigan mahsulotgacha: sayt, mobil ilova (iOS/Android), store'ga chiqarish va keyingi qo'llab-quvvatlash.
- Texnik topshiriq va arxitektura
- Ishlab chiqish (veb / iOS / Android)
- App Store va Google Play'ga chiqarish
- Analitika va monitoring
- Qo'llab-quvvatlash
Qanday ishlaymiz
- Murojaat — vazifangizni qisqacha yozasiz (Telegram yoki email)
- Bepul dastlabki ko'rik — saytni ko'rib chiqaman va real holatni aytaman
- Taklif — ish hajmi, muddat va narx aniqlanadi
- Ish — bosqichma-bosqich, har bosqichda natija ko'rinadi
- Hisobot — nima qilingani va qanday o'zgargani raqamlar bilan
Kichik auditlar bir necha kunda tayyor bo'ladi, kompleks loyihalar odatda oylik hamkorlik formatida olib boriladi.